Obchak svitasi

Obchak svitasi — Farg’ona vodiysining shimolda neogen yotqiziqlari tarkibidagi stratigrafik birlik. Geolog olim M. N. Gramm tomonidan aniqlangan. Obchak svitasi qizg’ish-qo’ng’ir, qizil va to’q qo’ng’ir alevritli gil, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Umumiy qalinligi 400 metr (Norin) dan 600 metr (varziq)gacha. Konglomerat va qumtoshlar tarkibidan, asosan, paleozoy cho’kindi-metamorfik jinslarining siniq (donacha)lari uchraydi. Obchak svitasi Moylisoy svitasi ustida yotadi, uning yoshi tarkibida saqlangan chuchuk suv jonivorlaridan Ostrakoda va Gastropoda hamda suvo’t qoldiqlari asosida aniqlangan. Obchak svitasi stratigrafik ahamiyatga ega.