Obidov Abdurahim Obidovich
Obidov Abdurahim Obidovich (1929.15.10, Toshkent) — mikrobiolog-immunolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1968), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967). ToshTIni tugatgach (1953), Toshkent viloyati yuqori Chirchiq tumanidagi tez yordam stansiyasi bosh vrachi (1953-54), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’lka tibbiyot institutida katta ilmiy xodim-doktorant (1960-63). Vaktsina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti direktori (1963-82), laboratoriya mudiri (1982-83), ayni vaqtda ToshTi mikrobiologiya kafedrasi mudiri. O’zbekiston Sog’liqni saklash vazirligi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri (1983 yildan). Asosiy ilmiy ishlari mikroblar genetikasi, vaktsinalarning inson organizmi himoya omillariga ta’siri, yuqumli ichak infektsiyalari ekspres diagnostikasi, disbak-teriozlarni o’rganishga oid. Turli ilonlar va qoraqurt zahariga qarshi zardoblar, shuningdek, stafilokokka qarshi gamma-globulin ishlab chiqarishga rahbarlik qilgan. As: geneticheskie rekombinasii i atipichnie kishechnie bolezni, T., 1971; Kurik-ketsioz v O’zbekistone, T., 1975.