OBLIGATORLI QAYTA SUG’URTALASH

OBLIGATORLI QAYTA SUG’URTALASH – l) qayta sug’urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko’ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha sug’urta kompaniyalari qabul qilgan risklarning bir qismini majburiy ravishda qayta sug’urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug’urtalash orqali chet elga valyuta chiqib ketishining oldini oladi; 2) sug’urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug’urta turi bo’yicha riskni qayta sug’urtalovchiga berishini va, o’z navbatida, qayta sug’urtalovchi riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug’urtalash shartnomasi.