Obloqulov Mahkam

Obloqulov Mahkam (1920.16.4, Urgut tumani — 1992.12.2) — kulol; Samarqand kulollik maktabining namoyandasi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1977). Hunarni otasidan o’rgangan. 1935 yildan “harakat” va “Ittifoq” (1937 yildan) artellarida kosagar usta. 2-jahon urushi qatnashchisi (1942 — 44). Kosagar (kosa, lagan, tovoq) hamda ko’zagar (ko’za, xum, tandir yasash) sifatida Urgut kulolligini rivojlantirdi; an’anaviy shakldagi kulollik buyumlarida rang va bo’yoqlar jilvasi (sariq, yashil rang va ularning o’nlarcha tuslari) ni yaratdi. Obloqulov yaratgan kulollik buyumlaridan namunalar O’zbekiston va xorijiy mamlakat muzeylarida va xususiy to’plamlarda saqlanadi.