Obodonlashtirish (obodonchilik)

Obodonlashtirish (obodonchilik) – muayyan hududni qurish va foydalanish, aholiga sog’lom, qulay madaniy hayot sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshiriladigan hududlarni muhandislik jihatidan tayyorlash, yo’llar qurish, kommunikatsiya tarmoqlari va suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr ta’minoti va boshqa inshootlarni rivojlantirish ishlari hamda hududni tozalash va ko’kalamzorlashtirish, mikroiqlimni yaxshilash, havo, hovuz va yerlarni ifloslanishdan saqlash, shovqin darajasini pasaytirish va boshqa tadbirlar yig’indisi.