Obuna
Obuna (Fransuzcha abonner — yozilmoq) — davriy nashrlar (gazeta, jurnal) va tegishli bosma kitoblar (ko’p jildli badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar) uchun oldindan buyurtma to’plash, ularga yozilish. Obuna ma’lum ma’noda nashr mahsulotlari adadi (miqdori)ning qancha bo’lishini avvaldan belgilash imkonini beradi. O’zbekistonda davriy nashrlarga Obuna “Matbuottarqatish” uyushmasi, pochta-aloqa bo’limlari, korxona, muassasa va oliy o’quv yurtlaridagi jamotchi tarqatuvchilar tomonidan, boshqa bosma asarlarga Obuna kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar, maxsus kitob do’konlari tomonidan amalga oshiriladi.