OBYEKT

OBYEKT (lot. objectum – narsa) — sub‘yektga qarama-qarshi bo’lgan hamda insonning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan ob‘yektiv reallik. Obyekt inson va uning ongidan mustaqil ob‘yektiv reallik bo’lib, uni bilayotgan individ uchun jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida hosil qilingan faoliyat, til va ilm tarzida namoyon bo’ladi. Obyektni ikki turga: nazariy va empirik Obyektga bo’lish mumkin.