Og’a
Og’a (turkcha) — 1) Usmonli turk imperiyasida yanicharlar boshlig’i unvoni, shuningdek, saroy xodimlari boshlig’i. Yanicharlar korpusi tugatilgach (1826), Turkiya armiyasidagi kichik va o’rta zobitlar. Hozirgi Turkiyadagi yer egalariga murojaat qilinganda Og’a qo’shib ishlatiladi, ba’zan kishi ismining bir qismi bo’lib ham qo’llanadi; 2) Og’aning “aka” ma’nosi ham bor (masalan, og’a-ini — aka-uka); 3) xon saroyi yoki boy xonadonidagi kanizak, uyg’ur xonadonidagi eng keksa ayol Og’acha deyilgan; 4) Haram qo’riqchisi (bichilgan qul) Haram og’asi deb atalgan; 5) Xorazmda xon saroyiga arzga keluvchilarni qabul qiluvchi kishi eshik og’asi deyilgan; 6) xotinning akasi yoki ukasi (agar eridan katta bo’lsa) yer uchun, yerning akasi yoki ukasi (agar xotinidan katta bo’lsa) xotin uchun qaynog’a hisoblanadi; 7) bu atama Eronda oqo shaklida ishlatiladi.