O’G’RUQ
O’G’RUQ, ug’ruq (chodir yoki o’tovning yuqorisidagi uvuqlari, yog’ochlari) — mo’g’ul hamda turkiy xalqlar qo’shinida asosiy jangovar qismlardan bir necha kunlik masofada ortda boradigan og’ir karvon (oboz). Amir Temur odatga ko’ra, O’g’ruqni atoqli sarkardalarga topshirgan. O’g’ruqni hukmdor harami, voyaga yetmagan mirzolar tashkil etgan. O’g’ruqda lashkar uchun turli kasb egalari, chunonchi novvoylar, oshpazlar, qassoblar, taqachilar, kamonchilar, o’qchilar, egarchilar, oziq- ovqat, meva bilan savdo qiluvchilar, hammomchilar va hokazolar xizmat qilgan. Asosiy harbiy qismlar uchun mo’ljallangan qurol-yarog’, asbob-anjom, yem-xashak zaxirasi ham O’g’ruqda mujassam etilgan.