Ohang

Ohang (forscha — tovush, nag’ma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kichik kuy bo’lagi, intonatsiya. Ohang bir necha tovushlarning mantiqan ulanib borishidan hosil bo’lib, vokal musiqada she’riy ruknga mos keladi. Ohanglar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini tashkil etadi. Ohang kuyning bosh (eng o’ziga xos) tuzilmasi va boshqa ma’nolarda ham, hindlarda esa “ohangit” musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalqlarda “ohangsoz” — bastakor ma’nosida ham qo’llaniladi.