Okean

Okean, Dunyo okeani – Yer yuzasidagi yaxlit suvli maydon. Yer kurrasi yuzasining 71% ini tashkil etadi, maydoni 361 mln. km.kv. To`rt qismga – okeanga bo`linadi: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari. Ba’zan Antarktida atrofini o`ragan sovuq suvlar Janubiy sovuq okean deb ham ajratiladi. Okean tagining reylefi va chuqurligiga qarab, materik sayozligi, materik yonbag`ri, okean tubi (lojesi) v a okean qa’riga ajratiladi. Butun okean maydonining 80% i okean tagiga, 7% i okean qa’riga to`g`ri keladi. Okean suv harorati yuza qismida issiq o`lkalarda 29°, qutbiy o`lkalarda 0° va undan ham past; Okean tagida qutblarda 0° dan ekvatorda +1,7° gacha. Sho`rligi o`rtacha 35 promille. Subtropik kengliklarda 37,5 promilledan qutbiy o`lkalarda 30-34 promille gacha.