Okean plitalari
Okean plitalari – okean o’rtalik tizmasi etagi bilan materiklarning suv ostidagi chekka qismlari oralig’idagi yaxlit joylar. Ular abissal tekisliklar relefini ishg’ol qilib 4,5— 6,0 kilometr, yer yoriqlari zonasida esa 6-7 kilometr chuqurlikda joylashgan. Abissal tekisliklar plita ichidagi ko’tarilmalarga va ayrim doirasimon botiqlarga bo’linadi. Bunday botiqlar Atlantika okeani o’rtaliq tizmasining ikki tomonida butun okean bo’ylab zanjirsimon tizim hosil qilib joylashgan. Botiqlarni qoplagan cho’kindilar qalinligi bir necha yuz metrga yetadi, asosan ohaksiz balchiqlar — radiolyariyli, diatomli, qizil rangli, chuqur suv gil jinslaridan tuzilgan. Uning ostki, qadimgi qismida faqat pelagik karbonatlar hosil bo’ladi. Okeanning tekis tubi vulkan jinslaridan tarkib topgan suv osti tizmasi hamda rif ohaktoshlari — giyota (gayota)lar bilan band (ayniqsa, tinch okeanda). Botiqlar magistral yoriqlar bilan kesilgan (masalan, Tinch okeanning shimoliy qismidagi imperator yorig’i).