Oklend

Oklend — yangi Zelandiyadagi shahar, shimoliy orolda, Oklend yarim orolini shimoliy orolning asosiy qismi bilan bog’lab turuvchi bo’yinda joylashgan. Aholisi 1,1 million kishi (2000). Tinch okeanning Xauraki qo’ltig’idagi muhim dengiz porti, yiliga 16 million tonna yuk ortib-tushiriladi. Chetga jun, go’sht chiqaradi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Temir yo’l stantsiyasi. Mamlakatning muhim sanoat markazi (mamlakatdagi sanoat maxsulotining 1/ 3 qismi ishlab chiqariladi). Mashinasozlik (xususan, transport, qishloq xo’jalik, elektrotexnika mashinasozligi), metallsozlik, kimyo, to’qimachilik, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1882) san’at galereyasi, maoriylar san’ati muzeyi bor.