Oks, Oksus

Oks, Oksus — Amudaryonint yunon, lotin va o’rta asrlardagi Yevropa manbalarida tilga olingan nomi. Ba’zi olimlar (V. V. Bartold, B. G’ofurov) Oksni suv xudosi Vaxshning (Vaxsh — Oxsho) nomi desalar, boshqa olimlar (S. P. Tolstoe, Ya. G’. G’ulomov, H. Hasanov) qadimgi turkiy o’quz — “Daryo” so’zining fonetik varianti deb hisoblaydilar.