Oksalat kislota
Oksalat kislota, NOOS-SO- On — eng oddiy ikki asosli karbon kislota, rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 189,5° (suvsiziniki), 2 molekula suvli kristallogidratiniki 101,5°. Suvda, spirtda eriydi, xloroformda, benzolda erimaydi. Zaharli. O’simliklarda kaltsiyli tuzi ko’rinishida keng tarqalgan. Oksalat kislota va uning tuzlari analitik kimyoda ba’zi metallarni cho’kmaga tushiruvchi reagent sifatida hamda boshqa maqsadlarda qo’llanadi.