Oksitan tili, provansal tili
Oksitan tili, provansal tili — roman tillaridan biri; Janubiy Frantsiyada, shuningdek, Italiya shimolda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 10 million kishidan ortiq. Laxjalari 2 guruhga bulinadi: shimoliy oksitan (limuzin, Overn, Provans-Alp) va urta oksitan (Langedok, Pro-Vans), shu bilan birga alohida gaskon lahjasi ham mavjud. Oksitan tili frantsuz tiliga yaqin bo’lsada, bir qancha fonetik va morfologik jihatlari bilan undan farq qiladi. Adabiy tili 11-asrdan mavjud, 12-13- asrlarda adabiyot taraqqiyot cho’qkisiga ko’tarilgan. Ana shu davrda bir qancha lahjalarning qo’shilishidan umumprovansal adabiy tili shakllangan. 13-asrda Pirovansning Shimoliy Frantsiyaga qo’shib olinishi Oksitan tili vazifa doirasining keskin qisqarishiga, uning bir necha alohida lahjalarga bo’linib ketishiga olib keldi. Hozirgi Oksitan tilidagi adabiyot cheklangan holda, ko’pincha og’zaki muomalada qo’llanadi. Yozuvi lotin grafikasi asosida. Qadimgi yozuv yodgorliklari 10-11- asrlarda yaratilgan.