Olatog’, Olatov
Olatog’, Olatov — ko’p yillik qor va muzliklari hamda balandlik mintaqalari bo’lgan tog’lar. Baland tog’larda doimiy qorlar oppoq, yalang’och qoyalar esa qoramtir, o’tloqlar yam-yashil bo’lib ko’rinadi. Olatog’ tog’lar nomini ham bildiradi. Masalan, Jung’ariya Olatovi, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Talas Olatovi, Qirg’iziston Olatovi, Olatog’ va boshqalar. “Olatog'” so’zidagi “ola” mo’g’ulcha ola (“tog'”) so’zidan kelib chiqqan degan taxminlar bor. Boshqa variantida “ola” Arabcha “oliy” (baland) so’zidan olingan fikrlar ham mavjud.