O’LCHASH GENERATORI

O’LCHASH GENERATORI — radiotexnika qurilmalarini sinash va sozlash uchun kichik quvvatli elektr tebranishlarini hosil qiladigan (generatsiyalaydigan) asbob. Tuzilishi signallarning turiga (impulsli, sinusoidal va maxsus shaklli) va hosil qilinadigan chastotalar diapazoniga bog’liq bo’ladi. Turlari: past (tovush) chastotali generatorlar, standart signallar generatori, oddiy signallar generatori, videochastotalar generatori, impulslar generatori. O’lchash generatori, asosan, chastotalar diapazoni keng bo’lgan o’zgaruvchan tok manbai sifatida ishlatiladi.