Olimjonov Hoshimjon
Olimjonov Hoshimjon (1940.3.5, Andijon viloyati, Qoratepa qishlog’i) — O’zbekiston xalq artisti (1987). 1961 yildan Andijon teatrida aktyor, rejissyor yordamchisi. “Oq Nilufar” spektaklidagi Ariyaka uning teatrdagi birinchi rolidir. U sahna sirlarini Abbos Bakirovdan o’rgangan. Qoraxo’ja (“Nodira”), Hoji (“Nurxon”), Qosimbek (“Bobur”), G’ofir (“boy ila xizmatchi”), Xudoyorxon (“Mexrobdan chayon”), Ezop (“Ezop”), Gloster (“Qirol Lir”), Qirol Eduard (“Richard III”), mafiya boshlig’i (“Qotil kim?”), Boboxon (“Tohir va Zuhra”), Shohjahon (“zebun-Niso”), Sulaymon ba’zoz (“Cho’lpon”) kabi rollar ijro etgan. Olimjonov bir qancha filmlar (“Saraton”, “qullar” va boshqalar) va videofilmlar (“Mehrobdan chayon” va boshqalar)da ham suratga tushgan.