Olloberganov Rahmon Olloberganovich

Olloberganov Rahmon Olloberganovich (1910.1.1 – Xiva – 1986.15.11) — bastakor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1965). Xorazm teatrlarida sozanda, musiqa rahbari va dirijyor (1930-40), Urganch musiqa maktabi o’qituvchisi (1940-42) va direktori (1944-62 va 1964 yildan). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942-44). Olloberganov “Adolat” (I. Akramov), “ma’rifat qurbonlari” (E. Rahim), “Oshiq G’arib” (Yu. Yusupov; A. Otajonov bilan hamkorlikda) va boshqa pyesalarga, bir qancha instsenirovkalarga musiqa yozgan. “Yoshligim”, “bir kelib keting qishlog’imizga” va boshqa qo’shiqlari ommaviylashgan.