Olmaliqsoy

Olmaliqsoy — Toshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shimoliy- g’arbiy yon bag’ridagi Novnali dovonidan 3 kilometr g’arbda (2330 metr) bir qancha mayda buloqlardan boshlanadi. Olmaliq shahri yaqinida ariqlarga bo’linib, Ohangaron daryosiga yetmay tugaydi. Uzunligi 32 kilometr, havzasining maydoni 84 km2. Yuqori oqimida soy tor va nisbatan chuqur, quyi oqimida keng va yon bag’irlari yotiq vodiyda oqadi. Qor va yomgir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,28 m3/sekund. Mart—aprelda suvi ko’payadi. Umumiy uzunligi 20 kilometrga yaqin, 8 ta irmog’i bor.