Oltin O’rda
Oltin O’rda-tarixiy manbalarda Jo’chi ulusi deb ham yuritiladi. XIII asrning 40-yillarida Chingizxonning nabirasi Jo’chixonning o’g’li Botuxon (1208-1255) tomonidan bosib olingan Sharqiy Yevropa Jo’chi ulusiga qo’shilgach, tashkil topgan davlat Oltin O’rda deb atalgan. Oltin O’rdaga Quyi Dunay va Fin qo’ltig’idan to Irtish havzasi va Obning quyi oqimigacha, Qora, Kaspiy, Orol dengizlari hamda Balxash qo’lidan Novgorod yerlarigacha bo’lgan joylar kirgan. Rus yerlari Oltin O’rdaga vassal, ya’ni qaram bo’lgan. Oltin O’rdaning poytaxti dastlab hozirgi Astraxan shahri yaqinidagi Saroy Botu, keyinroq esa hozirgi Volgograd yaqinidagi Saroy Berka shaharlari bo’lgan. XV asrning 20-yillarida Oltin O’rdadan Sibir xonligi, Qozon xonligi (1438), Qrim xonligi (1443), No’g’on xonligi (1440) va Astraxan xonliklari ajralib chiqqan.