Oltinni qay tariqa topishadi?
Odamzot birinchi marta tanigan-bilgan metall, ehtimol, oltindir. Oltinni tabiatning o’zida nodir holda uchratgan inson uning qadrini tarixdan oldingi davrlardayoq his qilgan edi. Oltinni qay tariqa topishadi? Oltin garchi nodir va kamyob metall hisoblansa-da, u tabiatda ko’p uchraydi. Hamma balo shundaki, ko’p hollarda oltin konlarini ishga tushirishning o’zi foydasiz, chunki konlarning tarkibida oltinning o’zi kam. Masalan, dengiz suvida ozgina miqdorda oltin bor. Shu qadar kamki, suvdan oltinni qanday ajratib olishni hech kim bilmaydi. Oltin ikki ko’rinishda uchraydi: sof, yombi holda, ya’ni u boshqa elementlarning aralashmasidan mutlaqo toza; yoxud boshqa metallar rudasi bilan aralashgan holda. Sof oltin kvars yorig’larida va temir kolchedoni qatlamlarida tez-tez uchraydi. Ba’zan kvars va kalchedon suv va shamol ta’siriga duch keladi. Bunday paytlarda oltin bo’lakchalarini qoplagan toshlar yuvilib yoki shamolda yemirilib toza oltinning zig’irtak noyob bo’lakchalari soladi. Sof oltinlar suvliklar qa’rida asta-sekin yuvilib, qum va shag’allar bilan aralashib, bosilib ketadi. Bunday oltinlar “cho’kindi” yoki “sochma” oltinlar deb ataladi. Oltin bo’lakchalari har xil kattalikda bo’ladi, chang zarrasiday ko’z ilg’ar-ilg’amas darajada va Avstraliyada bir mahal topilgan “ayni muddao notanish” deb nom olgan va og’irligi 70 kilogramm atrofida bo’lgan yirik yombi oltin hajmida ham topiladi. Oltin ko’pincha boshqa metallar rudasida uchraydi. Kumush o’z tarkibida deyarli doimo oltin zaxiralarini mujassamlashtirgan bo’ladi. Mis rudalari ham tez-tez oltin bilan birikma holida topiladi. Bugun oltin boshqa metallar qanday usulda olinsa, xuddi shunday olinmoqda. Yer oltin qatlami yotgan chuqurlikkacha kavlab boriladi bu chuqurlik gohida bir kilometrdan oshib ketishi ham mumkin! Keyin ruda portlatiladi va aravalarga ortilib, shaxta qudug’i orqali yuqoriga olib chiqiladi. U qumday qilib maydalanadi (bu “pulpa” deb ataladi) va shundan keyin kimyoviy ta’sir vositasida oltin boshqa metallardan ajratib olinadi. Janubiy Afrika, Rossiya va AQSh jahonning uch asosiy oltin konlariga boy mamlakatlari hisoblanadi. Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasi ham yirik va a’lo sifatli oltin zaxiralariga sohibdir.