Oltmen Sidni
Oltmen Sidni (1939.8.5, Monreal) — amerikalik kimyogar. Kolorado universiteti falsafa doktori, yel universiteti professor (1971). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. 1970-yillarning o’rtalarida ichak tayoqchasida g’ayrioddiy ferment topib, unga ribonukleaza yoki (RNKaza) R deb nom bergan. Keyinchalik bu fermentning nafaqat bakteriyalarda, balki hayvon to’qimalarida ham mavjudligini aniklagan. Ribonukleaza RNK va oqsil komponentlaridan tashkil topganligini, ularni ajratish va qayta biriktirish mumkinligini, RNK dan ajratib olingan oqsil komponentlari fermentativ faollikka ega emasligini isbot qildi. RNK fragmentlari ayni vaqtgacha faqat oqsil fermentlarga taalluqli deb hisoblangan, barcha klassik-katalitik xossalarga ega bo’lgan yangi riobizm kashf etdi (1983). Nobel mukofoti laureati (1989, R. Chek bilan hamkorlikda).