Omaxa
Omaxa — AQShning Markaziy qismidagi shahar, Nebraska shtatida. Aholisi 390 ming kishi (2000). Muhim temir yo’l tuguni. Missuri daryosi buyidagi port. Yirik qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. G’alla va go’sht birjalari bor. Yirik oziq-ovqat (un tortish, gusht, yog’ kombinatlari) sanoati markazi. Aloqa vositalari, EHM, yuk mashinalari, sanoat jihozlari, qishloq xo’jalik mashinalari, mineral o’g’itlar ishlab chiqariladi. Rangli metallurgiya (rux eritish) rivojlangan. Universitet bor. Shaharga 1804 yilda asos solingan.