ONA SUTI
ONA SUTI, ko’krak suti — emizikli ayolning sug bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik (sekret). Ona suti go’dak uchun eng yaxshi oziqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga ko’ra go’dakning ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi. Ona bilan bola o’rtasida homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlaboq “ona—yo’ldosh— homila” tarzida o’zaro mustahkam aloqa bog’lanadi, bola dunyoga kelgach esa bu munosabat “ona — ko’krak suti — bola” tariqasida davom etadi. Shu uzviylik tufayli bola opadan kerakli oziq va biologik faol moddalarni oladi, shuningdek, ona bilan bola o’rtasida mehr rishtalari bog’lanadi. Ona suti haqidag’i dastlabki ma’lumotlar Ibn Sino qo’lyozmalarida ham qayd etilgan. U Ona sutini quyosh nuriga qiyos qilgan, chunki yer yuzidagi barcha tirik mavjudot (o’simliklar dunyosi) uchun quyosh nuri qanchalik zarur bo’lsa, o’sayotgan murg’ak uchun ham Ona suti shunchalik zarur. Bola tug’ilgandan so’ng dastlabki 2-3 kunda onaning sut bezi sargimtir rangli suyuqlik — og’iz suti ajratadi. U yenligina dunyoga kelgan murg’akka eng zarur ovqat; unda oqsil, tuz, shuningdek, yog’tomchilari bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq ona ko’kragiga qancha erta tutilsa, shuncha ko’p og’iz sutidan bahramand bo’ladi. Shuning uchun ham onaning ko’zi yorishi bilan dastlabki 20-30 daqiqada chaqaloqni onasining ko’ksiga yotqizib, har ikki ko’krakdan emizishga yordamlashish maqsadga muvofiq. Ilk soatdagi bir lahzali “badanma-badan” jismiy yaqinlik ona bilan murg’ak o’rtasidagi aloqani yanada mustahkamlaydi. Tug’ruqdan keyingi birinchi hafta oxiridan yog’larga boy bo’lgan o’tkinchi sut, 2-4 haftadan keyin doimiy sifatli sut paydo bo’ladi. Yetilgan Ona suti tarkibida barcha zarur oziq modlalar va vitaminlar bor; ular to’liq hazm bo’lish va singish xususiyatiga ega. Ona suti yengil hazm bo’ladigan, to’yimli, turli mikroblardan xoli, pishirish va isitishni talab qilmaydigan tayyor oziq. Unda 100 dan ortiq kerakli moddalar bo’lib, u faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sog’ligiga mos keladi. Ona sutidagi oqsil, yog’, uglevodlar tarkibi yangi tug’ilgan bola organizmidagi xuddi shunday modsalar tarkibiga yaqin turadi. Ona sutida oqsil, yog’ uglevodlar 1:3:6 nisbatda bo’ladi va bola ehtiyojini to’la qoplaydi. Sut oqsillari juda to’yimli va chaqaloq ichagida yengil hazm bo’ladi. Yog’lar ham emulsiya holida bo’lgani uchun to’la-to’kis so’rilib ketadi. Ona suti tarkibidagi uglevodlar oziqli xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning o’sishiga to’sqinlik qiladi va shu tariqa ovqat hazm bo’lishini osonlashtiradi. Ona sutida zarur miqdorda tuzlar, ayniqsa kaltsiy va fosfor tuzlari bo’ladi, ular bola skeletining to’gri shakllanishi va rivojlanishi uchun goyat muhim. Ona sutidagi mineral moddalar va vitaminlar o’sayotgan bola ehtiyojiga mos keladi va organizmda yaxshi singishi bilan sigir sutidagi shunday moddalardan farq qiladi. Ona sutidagi tsmir moddasining ahamiyati nihoyatda katta, uning o’zlashtirilipsh Ona sutida odatda 70%ni tashkil etsa, sigir sutida 30%, aralashmalarda esa 10%ni tashkil etadi. Soglom onadan tug’ilgan soglom bolalarda temir zaxirasining etishmagan qismi Ona suti hisobiga to’ldiriladi, lekin bola ona sutidan sigir suti yoki aralashmaga o’tkazilsa unda kamqonlik rivojlanishi mumkin. Ona sutida vitamiplar miqdori tez o’zgaruvchan bo’lishiga qaramay bola ehtiyojini dastlabki oylarida to’liq qoplaydi. Ona sutida “o” vitamini uncha ko’p emas, shuning uchun emizikli chaqaloqni o’z vaqtida toza havoga, quyosh nuriga olib chiqib turilsa, bolaning “o” vitaminga bo’lgan ehtiyoji to’la-to’kis qondiriladi. Ona suti turli kasallik viruslari va mikroblariga qarshi moddalar — antitelolarga boy bo’ladi. Bolani emizganda iloji boricha ko’krakda yig’ilgan hamma sutni bola bir emganda tugatishiga harakat qilish lozim, aks holda, bola o’ziga kerakli sutning yuqori kaloriyali qismini ololmaydi, go’dakni emizib bo’lgach, ko’krakda qolgan sutni, hatto u kam bo’lsa-da, oxirgi tomchisigacha sog’ib olish lozim, bu sut ko’payishiga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha Ona suti bolani rak kasalliklaridan saqlaydi, uning bu jihatini o’rgangan olimlar, Rakka qarshi dori ishlab chiqarishda bundan foydalanish mumkinligini aytishmoqda. Bola ona sutidan ajratilsa va sigir suti yoki sutli aralashmalar bilan boqilsa, u muhim himoya omillaridan mahrum bo’ladi, bu bolaning ichi ketishi, ovqat hazm qilish sistemasining buzilishi singari noxushliklarga olib keladi. Ona suti onaning o’zini ham turli kasalliklardan saqlandi; sut bezlari raki, ginekologik kasalliklar bolani ko’kragi bilan emizmagan ayollarda 20— 25 barobar ko’p uchraydi. Bolani ko’krak suti bserib boqqan onalarda kamqonlik kam kuzatiladi. Kuzatuvlarga ko’ra, Ona sutiga ona organizmiga tushadigan hamma moddalar o’tadi, shunga ko’ra emizikli ayol o’z ovqagiga katta e’tibor berishi, u to’gri va to’yimli ovqatlanishi, yetarli miqdorda suyuqlik, meva sharbatlari ichib turishi, sof havodan bahramand bo’lishi, tiniqib uxlashi lozim. Shuhrat Tursunov.