ONG (KUNDALIK)
ONG (KUNDALIK) — ijtimoiy ong turi. Maxsus ongdan farqlicha kundalik ong tasodifiy, malakasiz, uzuq-yuluq kundalik tajribaga asoslanadi. Odamlar va narsalar o’rtasidagi doimiy, takrorlanuvchi, odatiy munosabatlar bilan ish ko’rgani va bevosita amaliyot bilan bog’liq bo’lgani uchun kundalik ong muayyan ijobiy mazmunga ega. «Xalq donoligi», «rejalilik», «aqli rasolik» – uning ana shunday belgilarini ta‘riflaydi. Shu bilan birga, voqea-hodisalarning mohiyatini anglashda, u xolislik, to’lalik, ishonchlilik va chuqurlilik jihatidan maxsus, ilmiy ongdan quyida turadi.