O’NOYOQLI QISQICHBAQALAR
O’NOYOQLI QISQICHBAQALAR — yuksak qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uzunligi 80 santimetrgacha (Madagaskar daryo qisqichbaqasi), gigant yapon Krabi qisqichbaqalari yoyilganida 3 metrga yetadi. Gavdasi birlamchi bosh — protosefalon, 3 ta ko’krak bo’g’imining jag’bilan qo’shilishidan hosil bo’lgan gnatotoraks (boshko’krak) va qorin bo’limidan iborat. Oldingi ko’krak bo’g’imlari o’simtalari jag’oyoqlarga, keyingi bo’g’imlari o’simtalari 5 juft yurish oyoqlariga aylangan (nomi shundan). Boshi gnatotoraks karapaks (boshko’krak qalqoni) bilan qoplangan. Karapaksning oldingi uchi rostrum (tumshuq)ni hosil qiladi. Ko’zlari fasetkali (murakkab), poyachada o’rnashgan. Jabralari oyoqlari asosida joylashgan; ikki yon tomondan karapaks bilan qoplangan. Qorin bo’limining tuzilishi yashash tarziga bog’liq. Uzunqorinlilar — № 1 asha (krevetkalar) va chalaqorinlilar — (Daryo qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krablar, zohid qisqichbaqalar) kenja turkumlariga bo’linadi. 8500 dan ortiq turi bor. Aksariyat turlari dengizlarda, ayrim turlari (Daryo qisqichbaqalari, ayrim krevetkalar, krablar) chuchuk suvlarda yashaydi. O’rta Osiyo suv havzalarida ingichkabarmoq daryo qisqichbaqasi va Ro(atop ro1atyu$ krevetkasi tarqalgan. Urg’ochi O’noyoqli qisqichbaqalar tuxumlarini qorinoyoqlariga yopishtirib olib yurishadi. Chuchuk suv O’noyoqli qisqichbaqalar metamorfozsiz rivojlanadi. Ko’pchilik O’noyoqli qisqichbaqalar tuxumlaridan chiqqan lichinkalar zoea va mizid davrlarini o’tib voyaga yetgan. Tuban tuzilgan krevetkalar lichinkasi rivojlanishida naupleus va metanaupleus davrlarini o’tadi. Ayrim O’noyoqli qisqichbaqalar (Kamchatka Krabi, omarlar, langustlar, krevetkalar) sanoat miqyosida ovlanadi.