O’QITISHNING KURS TIZIMI

O’QITISHNING KURS TIZIMI o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim o’quv muassasalaridagi ta’lim tizimi. O’quv jarayonining qat’iy grafigi, barcha o’quv fanlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotining kurs, o’quv yillari hamda semestrlar bo’yicha taqsimlanishiga asoslanadi. Talaba (o’quvchi)larning barcha mashg’ulotlarda qatnashishlari va o’quv rejasida belgilangan kurs ishi, kurs loyihasi, referat va boshqalar ishlarni o’z vaqtida bajarishlari, shuningdek, har bir semester oxirida qat’iy belgilangan muddatda ushbu semestrda o’tilgan fanlar bo’yicha sinov va imtihonlar topshirishlarini nazarda tutadi. O’qitishning kurs tizimi o’quv yurti va fakutetda o’quv jarayonining aniq tartibini yaratish hamda talaba (o’quvchi)larga mustaqil ishlash imkoniyatini beradi.