Oqkarrak
Oqkarrak (Onopordon L.) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik begona o’t. O’zbekistonda Oqkarrakning oddiy Oqkarrak (O. acanthium L.), olga Oqkarrakgi (o. olgae Rgl.) turlari uchraydi. Poyasi sershox, tik o’sadi, bo’yi 80-120 santimetr. Ildizi yo’g’on, o’qildiz. Ildiz bo’g’zidagi barglari cho’ziq-tuxumsimon, asosiy barglari namatsimon, chetlari tikanli, arratishli, navbatma-navbat joylashgan. Gullari to’q qizil, savatchalari shoxchalarining uchida 1-3 tadan, bandsiz to’pgul hosil qiladi. Mevasi — kulrang yoki jigar- rang urug’cha. Iyun — sentabrda gullaydi va mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. Urug’lari 20-25° haroratda unib chiqadi. O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Asosan Lalmi sug’oriladigan ekinlar orasida, tashlandiq yerlar, yo’l yoqalari, ariq- kanal bo’ylari, bog’va tokzorlarda uchraydi. Kurash choralari: yerni chuqur haydash, g’allazorlarni 2,4=D preparatlari bilan dorilash.