Oqshiyroq

Oqshiyroq — Tyanshandagi tog’ massivi, Qirg’izistonda. Janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan va Norin daryosi bilan Sarijaz daryosi havzasi o’rtasida suvayirg’ich. Uzunligi 50 kilometr. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 metr. Metamorfik slanes, ohaktosh, granitlardan tarkib topgan. Tyanshandagi muhim muzlik markazi. Umumiy maydoni 439 km2; 59 muzlikdan eng kattasi Petrov muzligi bo’lib, Norin daryosi shu yerdan boshlanadi. Baland tog’-subnival va glyatsialnival landshaftlar asosiy o’rin tutadi.