Oqso’xta

Oqso’xta (Dactylis glomerata L ) – boshoqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Oqso’xtaning bo’yi 100-150 santimetr. Poyasi ko’p, havol, serbarg. Ildiz oldi barglari juda ko’p, ingichka va uzun (100 santimetrgacha). To’pguli bir yonlama ro’vak, poyaning uchida. Ildizi sershox, uzun (100 santimetrgacha). Oqso’xta qor ostidayoq ko’kara boshlaydi, iyunda gullaydi, avgustda urug’i pishadi va yer ustki qismi quriydi. O’zbekistonda tog’larning shimoliy yon bag’irlarida, ayniqsa, daraxt va butalar ostida ko’p o’sadi. Oqso’xta eng yaxshi ozuqabop o’simliklardan biri; tarkibida 6,2— 24,3% protein bor. Mollarga ko’k holida beriladi, pichan tayyorlashda 19-asr boshlarida Oqso’xta lalmikor va sug’oriladigan yerlarga ekila boshlagan.