ORIFXONOVA MA’PURA

ORIFXONOVA MA’PURA (1917. 25.10, Chimkent shahri — 1977.9.7, Toshkent) — meteorolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1967). Geografiya fanlari doktori (1966), professor (1966). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1940), 1944-46 yillarda shu universitetda, 1946 yildan Toshkent politexnika institutida ishlagan, oliy matematika kafedrasi mudiri (1967 yildan). Ilmiy ishlari Janub tsiklonlarning O’rta Osiyo ob-havosi shakllanishiga ta’siri mavzuiga bag’ishlangan. Dastlabkilardan bo’lib “ruscha-o’zbekcha meteorologik lug’at” tuzgan (T., 1956). Oliy texnika o’quv yurtlari qoshidagi tayyorlov kurslari uchun “matematika” qo’llanmasi tuzuvchilaridan (T., 1974). As: Pols vetra tsikpoiov nad Sredney Aziei pri prornvax yujnnx tsiklonov, T., 1974.