O’RIKLISOY

O’RIKLISOY — Jizzax viloyatidagi soy, Zominsuv soyining o’ng irmog’i. Uzunligi 28 km, havzasining maydoni 226 kilometr kvadrat. Turkiston tizmasining shimoliy g’arbiy yon bag’ridan boshlanadi. Asosiy irmog’i — Ismana soyi. Qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi quyilish joyida 0,651 metr kub/sekund. O’rtacha yillik suv sarfi 1,05 metr kub/sekunddan (ko’p suvli yilda) 0,067 metr kub/sekundgacha (kam suvli yilda) o’zgaradi. Aprel—iyunda sersuv, ba’zan toshadi. Sutkalik eng ko’p suv sarfi aprel—iyunda 17,3 metr kub/sekunddan (ko’p suvli yilda) 0,084 metr kub/sekundgacha (kam suvli yilda) o’zgaradi.