Oripov To’ychi
Oripov To’ychi (Mirhosil) (1928, ? Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1953). Qo’qon teatrida (1953-58), Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida, (1987-94), Hamza teatrida (hozirgi o’zbek milliy akademik drama teatrida) (1951-53; 1958-87; 1994 yildan) aktyor. Oripov dramatik, fojiaviy va komik rollar, ayniqsa, o’tkir xarakterli, salbiy obrazlar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari hayotiy, ifoda vositalari aniq va ishonarli bo’lib, qahramonlarining ichki dunyosi, ma’naviy holati va xarakterini to’liq ochishga intiladi. Teatrda Lembet (E.To’ychi Oripov ota rolida (“bir qadam yo’l”). Rannet, “Oqpadar”), Yo’lchi, Hakimboyvachcha (Oybek, “qutlug’qon”), Sintaro (M. Kaoru, “o’g’irlangan umr”), G’oyib (Uyg’un, “Qotil”), Salas Ina (E. Robles, “Monserra”), Solihboy (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Mahmud G’aznaviy (Uyg’un, “Abu Rayhon Beruniy”), Mahkam (S. Ahmad, “Kelinlar qo’zg’oloni”), Bobobekov (Sh. Xolmirzaev, “qora kamar”), Shayboniyxon (P. Qodirov, “Yulduzli tunlar”), ota (u. Azim, “bir qadam yo’l”) kabi rollar bilan teatr san’ati rivojiga munosib hissa qo’shdi. Shuningdek, videofilmlar (Amir Jondor, “Ulug’bek xazinasi”; Muhiddin Jabborovich, “girdob”; Ishoq, “g’ulg’ula”; Sanjarov, “imon”; Majiddidin, “Navoiy”; Qudratxo’ja, “diyonat” va boshqalar), kinoda (Rais, “Abdullajon”; Mavlon, “Sayyod qo’ng’irog’i”; G’aniboyvachcha, “amirning xufiyona sayohati”; Yo’ldoshev, “ikkinchi aylana bo’ylab”; kuyov, “qarib quyulmagan”; bobo, “Osmondagi bolalar” va boshqalar) ham suratga tushgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).