Orogen
Orogen (Yunoncha oros — tog’ va … gen) — Yer po’stining tektonik faol zonasi — geosinklinallar rivojlanishining 2-bosqichi. Bu bosqichda ko’tarilishlar bo’lib, tog’lar yuzaga kelgan. Orogen terminini fanga avstraliyalik geolog L. Kober (1921) kiritgan. Uning fikricha, Orogen, u kuzatgan Alp tog’lari singari simmetrik tuzilishga ega bo’lib, qattiq massalar orasida joylashgan bo’ladi va ular tomonidan ta’sir qiluvchi bosim ostida yuzaga keladi. Kober Orogenni bir necha zonalar (Markaziy, tutashgan va chekka)ga ajratishni taklif etib, ularni tavsiflab bergan. Burmali tog’lar, geosinklinal, geosinklinal sistemadan Orogen sinonimi sifatida foydalaniladi.