Oromo tili
Oromo tili — kushit tillarining biri. Efiopiyaning Markaziy va Sharqiy hududlarida hamda shimoliy Keniyada tarqalgan, 8 milliondan ortiq kishi so’zlashadi. Laqjalari shimoliy (tulama, borana va boshqalar) va Janubiy (bararetta, uata va boshqalar) guruhlarga bo’linadi. Efiop alifbosi asosida yozuvi 1977 yilda joriy etilgan. Oromo tilida davriy matbuot chop etiladi, boshlang’ich maktablarda o’qish-o’qitish ishlari amalga oshiriladi, radioeshittirishlar olib boriladi.