Orqa ili Olatovi
Orqa ili Olatovi – Tyanshan sistemasidagi tog’ tizmasi. Qozog’iston, Qirg’iziston chegarasida. Uzunligi 350 kilometr. Eng baland joyi 4973 metr (Talgar cho’qqisi). Granit, konglomerat, ohaktosh va slaneslardan tarkib topgan. Ba’zi cho’qqilari muzliklar bilan qoplangan (484 km2). Shimoliy yon bag’irlaridan ili daryosining chap irmoqlari oqib tushadi. Tog’ etaklari quruq dashtlardan iborat, balandroqda buta, dasht o’simliklari o’sadi, o’tloqlar va o’rmonlar (olma, tog’terak, qoraqarag’ay) mavjud. Shimoliy etagida Olmaota shahri joylashgan.