O’RTA DENGIZLAR

O’RTA DENGIZLAR — quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan, okean bilan tor bo’g’ozlar orqali tutashib turgan dengizlar. O’rta dengizlar materiklar oralig’ida yoki materik ichkarisida bo’ladi. Masalan, O’rta dengiz, Karib dengizi, qizil dengiz (materiklar oralig’ida) va Boltiq, qora, Azov, oq dengizlar (quruqlik ichkarisida). Boshqa dengizlardan ajralib turishi va atrofdagi quruqlik ta’sirida gidrologik rejimining o’ziga xosligi bilan farq qiladi.