O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi-1) o’quvchilarda 9-sinfni bitirgandan keyin muayyan kasb sohasida o’rta maxsus ma’lumot hosil qilishga yo’naltirilgan ta’lim muassassi; 2) O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim turlaridan biri. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim negiziga asoslanadi.