Orxus

Orxus — Daniyadagi shahar, Yutlandiya yarim orolining sharqida. Orxus amrining ma’muriy markazi. Aholisi 217,2 ming kishi (2000). Orxus-Bugt qo’ltig’idagi port. Mashinasozlik, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Shahar 10-asrdan ma’lum. Me’moriy yodgorliklardan gotika sobori va cherkov (11 —15-asrlar) saqlangan. “Eski shahar” qismi ochiq osmon ostidagi me’moriy muzey hisoblanadi.