O’SARO’T

O’SARO’T, tilono’t — semizakdoshlar (semizbargdoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. Yer ostki qismi tugunaksimon yo’g’onlashgan. Bo’yi 5-15 santimetr. Barglari ildiz bo’g’zidan chiqqan, etli. O’zbekistonda 5 turi uchraydi. O’sarotning barcha turlari manzarali o’simlik hisoblanadi. O’zbekistonda Alp O’sarot. va Hisor O’sarot keng tarqalgan.