OSHKORALIK

OSHKORALIK — demokratiyaning zarur sharti; jamoatchilikka muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma‘lumot, xabarlarni bilish, muhokama va nazorat etish uchun ro’y-rost e‘lon qilish. Turli darajadagi rahbarlarning jamoatchilik bilan erkin muloqotlari, savol-javoblari va bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, senzuraga yo’l qo’ymaslik Oshkoralikni ta‘minlashga yordam beradi.