Tabiatda ko’pik hosil qiladigan juda ko’p o’simliqlar uchraydi. Ular sovun o’rnini bemalol bosa oladi. Ko’pik hosil qilish o’simliklardagi ko’piklanadigan aralashmalar, suvda yaxshi eruvchi eritmalar berish qobiliyati — saponin mavjudligiga qarab belgilanadi. Saponinlar shampun, yuvuvchi vositalar va vannalar uchun suyuqliklar ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. Saponinlar, ayniqsa, o’simlikning tuproq tagidagi hujayrasida ko’pdir. Ko’pik hosil qiluvchi o’simliklar orasida dorivor sovunak ajralib turadi, uni “sovuno’t”, “itsovun” ham deyishadi. Bu nomning kelib chiqishiga dorivor sovunakning ildizi suv yordamida uvalanayotganda hurpayib, uzoq muddat ko’piklanib turishi sabab bo’lgan. Qurigan va uvalangan ildizpoya yaxshi ko’piradi. Tarkibida saponin mavjud eritmalar odatdagi sovun bilan yuvilganda yaroqsiz holda keladigan mayin jun, ipak va boshqa gazlamalarni yuvish va oqartirishda qo’llaniladi. Kir yuvish va yuvinishda, shuningdek, soxta kashtan va buzina mevasi ham ishlatiladi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
