“Osiyo”

“Osiyo” — jadidlar gazetasi. 1908 yil 9 apreldan Toshkent shahrida A. Bektemirov muharrirligida nashr etilgan. “Xurshid”, “Shuhrat” gazetalari ishini davom ettirib, maorif sohasidagi islohotlar, dunyoviy ilmlarni o’rganish zarurligi, ma’naviy va iqtisodiy masala-muammolar to’g’risida yozilgan maqolalar va she’rlarga keng o’rin ajratgan. A. Ibrohimov, Munavvarqori, A. Avloniy va boshqa jadid adiblarining maqolalari e’lon qilingan. Jami 5 soni chiqqach, chor mustamlakachi ma’murlari tomonidan yopilgan.