Osmon sferasi
Osmon sferasi — osmon yoritqichlarining vaziyatini kursatib beruvchi hayoliy va ixtiyoriy radiusli sfera. Yoritqichlarning o’rnini va uning ko’rinuvchi harakatini o’rganishda osmon koordinatalaridan foydalaniladi. Osmon sferasining tekislikdagi proektsiyasi aylana. Kuzatuvchi Osmon sferasi markazida turadi va u turgan joyining o’z meridiani mavjud bo’ladi. Kuzatuvchi turgan nuqtadagi shoqulning yunalishi vertikal chiziq (ZZ’) deb ataladi. Vertikal chiziqning Osmon sferasi bilan kuzatuvchining tepasida (ufq yuqorisida)kesishgan nuqtasi Zenit (Z) va unga diametral qarama-qarshi tomonda kesishgan nuqtasi nadir (Z’) deyiladi. Z va Z’ nuqtalaridan o’tgan vertical chiziqqa utkazilgan katta aylana vertikal aylana yoki vertikal deyiladi. Vertikal o’qqa perpendikulyar qilib o’tkazilgan katta aylana (SWNE) ufq tekisligidir. Kuzatuvchi Osmon sferasining faqat ufq tekisligidan yuqorida joylashgan yoritqichlarni kuzata oladi. Osmon yoritqichlari sutka davomida Yer atrofida (olam o’qi RR’ atrofida) ko’rinma harakatda bo’ladi. Olam o’qiga o’tkazilgan perpendikulyar aylanalar sutkalik paralellar, ularning eng kattasi esa osmon ekvatori deyiladi.