Ostritsalar
Ostritsalar (Enterobius) — parazit nematodalar urug’i. Urg’ochisi 12 millimetrgacha, erkagi 5 millimetrgacha. Odam va primatlar ichagidagi parazit. Kutikulasi bosh qismida bo’rtiq hosil qiladi. Og’zi 3 ta laboratoriya bilan o’ralgan. Tuxumlari 0,05 millimetr. Yo’g’on ichakda va ingichka ichakning keyingi qismida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan urg’ochilari anal teshigidan chiqib, teriga tuxum qo’ygach, halok bo’ladi. Iflos qo’l va buyumlar orqali tuxumlari odam og’ziga tushganida Ostritsalar yana qaytadan rivojlanadi. 20 ta turi ma’lum. O’rta Osiyoda 1 turi — bolalar gijjasi keng tarqalgan. Bog’cha va kichik maktab yoshidagi bolalarda ko’proq uchraydi, enterobioz kasalligini paydo qiladi.