O’T PIGMENTLARI
O’T PIGMENTLARI — gemoglobinning parchalanishida hosil bo’ladigan azotli rangdor moddalar. Odam va hayvon organizmida, asosan, jigarda hosil bo’ladi, bilirubin, biliverdin va boshqalar ko’rinishida o’t bilan ajraladi. Odam organizmida sutkasiga taxminan 280 mg O’t pigmentlari hosil bo’ladi. O’t pigmentlari kislotali xususiyatga ega, metall bilan tuz (ba’zan erimaydigan) hosil qiladi. Shunga ko’ra, O’t pigmentlari o’t toshi hosil bo’lishida ahamiyatli. O’t pigmentlari nafas, qisman siydik bilan chiqariladi, shuning uchun ulardan qator kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi. Qonda O’t pigmentlari miqdori oshganda badan sarg’ayadi.