O’T QOPLAMI
O’T QOPLAMI — tabiiy yoki ekilgan o’tlar (ko’p yillik, bir yillik yoki ular aralashmasi)dan iborat o’simlik qoplami. Tabiiy O’t qoplami o’tloq, dasht, cho’l va boshqalar; botanik tarkibiga ko’ra boshoqli, efemerboshoqli, dukkakliboshoqli va boshqalarga bo’linadi. Ekilgan O’t qoplami sof (o’tning bir turidan iborat) va aralash (ikki yoki undan ko’p) bo’lishi mumkin. O’t qoplami qaysi bir o’simlik ko’proq ekilgan bo’lsa, o’shanga qarab, masalan, bedaboshoqli, vikasulili va boshqalar deb nomlanadi. O’t qoplami va undan tayyorlanadigan pichan, senaj sifati o’simlik turlarining ozuqalik qimmati va o’tkazilgan afotexnik chora-tadbirlarga bog’liq.