O’TAGANOV YO’LBARSALI HOJIMATOVICH

O’TAGANOV YO’LBARSALI HOJIMATOVICH (1942.19.10, Izboskan tumani) — yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi (1999). Hunarni amakisi usta Ro’zimuhammad Qalandarovdan o’rgangan. Izboskan tuman qurilish-yig’uv bo’linmasi (1970-81), Andijon tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash “me’mor” ustaxonasi (1981-84) da duradgor va yog’och o’ymakori ustasi; 1984 yildan Andijon “rassom” ijodiy ishlab chiqarish kombinatida usta. O’taganov darvoza, eshik, ustun, xontaxta, kursi, lavh kabilarni yog’och o’ymakorligida nafis naqshlar bilan jozibador bezadi; Andijondagi “Bog’i Bobur” muzeyi (1993), Izboskan tuman hokimligi binosi (1996), Andijon aeroporti kutish zali (1996), Cho’lpon yodgorlik muzeyi (1997), Imom elbuxoriy yodgorlik majmui (1998), Toshkentdagi Xotira va qadrlash maydoni (1999)dagi o’ymakori darvoza va ustunlar va boshqalar 1992 yildan respublika va xorijdagi ko’rgazmalarda ishtirok etadi. U Kugay qishlog’ida yog’och o’ymakorligi maktabi tashkil qilgan.